Daromad olishni koʻzlamagan holda, muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlamagan holda, lekin asaridan foydalanilayotgan muallifning ismi-sharifini va olingan manbaini albatta koʻrsatgan tarzda: axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan — asarning yoʻqolgan yoki yaroqsiz boʻlib qolgan nusxalarini tiklash, almashtirish uchun, shuningdek oʻz fondlaridan bu asarlarni biron sabab bilan yoʻqotgan boshqa axborot-kutubxona muassasalariga, arxivlarga va idoraviy arxivlarga asarlarning nusxalarini berish uchun chop etilgan asarni; axborot-kutubxona muassasalari, arxivlar va idoraviy arxivlar tomonidan fuqarolarning oʻquv va tadqiqot maqsadlaridagi soʻrovlari boʻyicha, shuningdek taʼlim muassasalari tomonidan auditoriya mashgʻulotlari uchun toʻplamlarda, gazetalar va boshqa davriy nashrlarda chop etilgan ayrim maqolalar va kichik hajmli asarlarni, chop etilgan yozma asarlardan (suratli yoki suratsiz) qisqa parchalarni bir nusxada reprografik takrorlashga yoʻl qoʻyiladi.