Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 28-modda. Hamma bemalol bora oladigan joylarda doimiy joylashgan asarlardan erkin foydalanish

Hamma bemalol bora oladigan joyda doimiy joylashgan arxitektura, fotografiya, tasviriy sanʼat asarlarini muallifning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlamagan holda takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishga yoʻl qoʻyiladi. Bu qoida asarning tasviri shunday takrorlash, efirga uzatish yoki kabel orqali yuborishning asosiy obyekti boʻlgan hollarga, shuningdek asarning tasviridan tijorat maqsadlarida foydalaniladigan hollarga nisbatan tatbiq etilmaydi.