Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 31-modda. Efir orqali koʻrsatuv yoki eshittirish beruvchi tashkilotlar tomonidan qisqa muddat foydalanish uchun erkin yozib olish

Efir orqali koʻrsatuv yoki eshittirish beruvchi tashkilot oʻzi efirga uzatish huquqini olgan asarni muallifning roziligisiz va qoʻshimcha haq toʻlamagan holda oʻz uskunalari yordamida hamda oʻz koʻrsatuvlari yoki eshittirishlari uchun amalga oshirish sharti bilan qisqa muddat foydalanish uchun yozib olishi mumkin. Agar bunday yozuvni saqlashning uzoqroq muddati muallif bilan kelishilgan boʻlmasa, tashkilot uni tayyorlanganidan keyin olti oy ichida yoʻq qilib yuborishi shart. Agar bunday yozuv faqat hujjatli tusda boʻlsa, yozuv asar muallifining roziligisiz arxivlarda va idoraviy arxivlarda saqlanishi mumkin.