Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 53-modda. Ijrochi, fonogrammani tayyorlovchi, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot huquqlarining cheklanishi

Ijrochining, fonogrammani tayyorlovchining, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz va haq toʻlamagan holda ijrodan, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvi yoki eshittirishidan hamda ularning yozuvlaridan foydalanishga, shuningdek fonogrammani takrorlashga quyidagi hollarda yoʻl qoʻyiladi: kundalik voqealar sharhiga ijrodan, fonogrammadan, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvi yoki eshittirishidan unchalik katta boʻlmagan parchalar kiritish yoʻli bilan; faqat oʻquv yoki ilmiy-tadqiqot maqsadlarida; ilmiy, tadqiqiy, munozaraviy, tanqidiy yoxud axborot maqsadlarida iqtibos olinishi sharti bilan ijrodan, fonogrammadan, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvi yoki eshittirishidan uncha katta boʻlmagan parchalarni iqtibos shaklida keltirish. Bunda tijorat maqsadida chop etilgan fonogrammani efirga uzatish yoki kabel orqali yuborish yoxud barchaning eʼtiboriga yetkazish uchun har qanday takrorlash ushbu Qonunning 51-moddasi qoidalariga rioya etilgan holda amalga oshiriladi; ushbu Qonunda fan, adabiyot va sanʼat asarlari mualliflarining mulkiy huquqlarini cheklashga nisbatan nazarda tutilgan boshqa hollarda. Jismoniy shaxs tomonidan ijrochining, fonogrammani tayyorlovchining, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning yoki boshqa huquq egasining roziligisiz hamda haq toʻlamagan holda ijroning, efir yoki kabel orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilotning koʻrsatuvi yoki eshittirishining, shuningdek fonogrammaning yozuvini faqat oʻz shaxsiy maqsadlari uchun va daromad olishni koʻzlamagan holda tayyorlashga yoʻl qoʻyiladi. Agar qisqa muddat foydalanish uchun yozuv yoki takrorlash efir orqali koʻrsatuv yoxud eshittirish beruvchi tashkilot tomonidan oʻz asbob-uskunalari yordamida hamda uning oʻz koʻrsatuvi yoki eshittirishi uc