Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida 68-modda. Ayrim qonun hujjatlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish

Quyidagi qonun hujjatlari oʻz kuchini yoʻqotgan deb topilsin: Oʻzbekiston Respublikasining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi 272–I-sonli Qonuni (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 135-modda); Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining 1996-yil 30-avgustda qabul qilingan “Mualliflik huquqi va turdosh huquqlar toʻgʻrisida”gi Oʻzbekiston Respublikasi Qonunini amalga kiritish haqida”gi 273–I-sonli Qarori (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 1996-yil, № 9, 136-modda); Oʻzbekiston Respublikasining 2000-yil 15-dekabrda qabul qilingan “Oʻzbekiston Respublikasining ayrim qonun hujjatlariga oʻzgartishlar va qoʻshimchalar kiritish, shuningdek ayrimlarini oʻz kuchini yoʻqotgan deb topish toʻgʻrisida”gi 175–II-sonli Qonunining 15-bandi (Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Axborotnomasi, 2001-yil, № 1-2, 23-modda).