Davlat roʻyxatidan oʻtgan nodavlat notijorat tashkilotlari yuridik shaxslarning hamma tanishib chiqishi uchun ochiq boʻlgan yagona davlat reyestriga kiritiladi. Yuridik shaxslarning yagona davlat reyestrida quyidagilar koʻrsatiladi: taʼsis etilgan sana; nomi va joylashgan yeri; rahbar organlari; vakillar sifatida ish olib borishga vakolatli shaxslar; faoliyat sohasi.