Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 25-modda. Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazishni rad etish asoslari

Nodavlat notijorat tashkilotini davlat roʻyxatidan oʻtkazish, agar: nodavlat notijorat tashkilotining taʼsis hujjatlari Oʻzbekiston Respublikasining konstitutsiyaviy tuzumini zoʻrlik bilan oʻzgartirish, Oʻzbekistonning davlat suverenitetiga, hududiy yaxlitligiga va xavfsizligiga qarshi chiquvchi, urushni, ijtimoiy, milliy, irqiy hamda diniy adovatni targʻib qiluvchi, fuqarolarning konstitutsiyaviy huquqlari va erkinliklariga, aholining sogʻligʻiga, ijtimoiy axloqqa tajovuz qiluvchi maqsadlarga ega boʻlsa; tashabbuskorlari (taʼsischilari, muassislari) yoki rahbar organi aʼzolari qonunchilik hujjatlariga koʻra terrorchilik faoliyatida yoki ommaviy qirgʻin qurolini tarqatishda ishtirok etayotgan yoki ishtirok etishda gumon qilinayotgan shaxslar roʻyxatiga kiritilgan, shuningdek sud tartibida ekstremistik deb topilgan tashkilotlarning aʼzolari va rahbar organlari aʼzolari boʻlgan shaxslar boʻlsa; tashabbuskorlari (taʼsischilari, muassislari) yoki rahbar organi aʼzolari oʻzlashtirish yoki rastrata yoʻli bilan talon-toroj qilish yoxud firibgarlik jinoyatlarini sodir etganligi uchun sudlanganlik holati tugallanmagan yoki olib tashlanmagan shaxslar boʻlsa (jamoat fondlari tashkil etilayotganda); hujjatlar roʻyxat boʻyicha toʻliq taqdim etilmagan yoki ular lozim darajada rasmiylashtirilmagan boʻlsa; hujjatlar ustav qabul qilingan paytdan boshlab ikki oylik muddat oʻtganidan keyin taqdim etilgan boʻlsa; ilgari xuddi shu nomdagi nodavlat notijorat tashkiloti roʻyxatdan oʻtkazilgan boʻlsa; nodavlat notijorat tashkilotini tuzishning qonunda belgilangan tartibi buzilgan boʻlsa yoki uning taʼsis hujjatlarida qonunga nomuvofiqliklar boʻlsa; roʻyxatdan oʻtkazish uchun taqdim etilgan taʼsis hujjatlarida atayin notoʻgʻri maʼlumotlar keltirilganligi aniqlangan boʻlsa; nodavlat notijorat tashkilotining nomi yoki ramziy belgilari maʼnaviyatga fuqarolarning milliy va diniy tuygʻulariga daxl qilsa; nodavlat notijorat tashkilotining taʼsis hujjatlarida harbiylashtirilgan birlashmalar tuzish