Nodavlat notijorat tashkilotlari toʻgʻrisida 29-modda. Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari

Nodavlat notijorat tashkilotining mol-mulkini shakllantirish manbalari quyidagilardan iborat boʻlishi mumkin: kirish va aʼzolik badallari, agar ular ustavda nazarda tutilgan boʻlsa; muassislardan, qatnashchilardan (aʼzolardan) bir marotaba va muntazam ravishda keladigan tushumlar; chet davlatlardan, xalqaro va chet el tashkilotlaridan, chet davlatlarning fuqarolaridan yoki ularning topshirigʻiga binoan boshqa shaxslardan olinadigan pul mablagʻlari va mol-mulk; ixtiyoriy mulkiy badallar va ehsonlar; tadbirkorlik faoliyatidan olingan, faqat ustav maqsadlari uchun ishlatiladigan daromadlar (foyda); qonun hujjatlarida taqiqlanmagan boshqa tushumlar.