Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonasi u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida boʻlinma boʻlib, nodavlat notijorat tashkilotining manfaatlarini ifodalaydi va himoya qiladi. Nodavlat notijorat tashkilotining filiali u turgan yerdan tashqarida joylashgan alohida boʻlinma boʻlib, uning barcha vazifalarini yoki vazifalarining bir qismini, shu jumladan vakolatxona vazifalarini amalga oshiradi. Nodavlat notijorat tashkilotining vakolatxonalari va filiallari davlat roʻyxatidan oʻtkazilgan paytdan eʼtiboran yuridik shaxs maqomiga ega boʻladi. Bosh tashkiloti Oʻzbekiston Respublikasidan tashqarida joylashgan xalqaro nodavlat notijorat tashkilotlarining hamda chet el nodavlat notijorat tashkilotlarining vakolatxonalari va filiallari yuridik shaxslardir.