Oʻzbekiston Respublikasining qonun hujjatlari, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari va qarorlari, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlari loyihalarini tayyorlashni tashabbus qilishga faqat, basharti davlat organlarida koʻtarilayotgan masalalarni yoki muammolarni qonunchilikda nazarda tutilgan mexanizmlar va maʼmuriy tartib-taomillar orqali hal etish vakolatlari mavjud boʻlmasa, yoʻl qoʻyiladi. Jismoniy va yuridik shaxslar tegishli davlat organlariga normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini tayyorlash toʻgʻrisida takliflar kiritishga haqli.