Normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash quyidagi bosqichlardan iborat: normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash toʻgʻrisidagi taklifni koʻrib chiqish va loyihani tayyorlash haqida qaror qabul qilish; normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlashni tashkiliy-texnikaviy va moliyaviy jihatdan taʼminlash; normativ-huquqiy hujjat loyihasini tayyorlash uchun zarur boʻlgan materiallarni va axborotni toʻplash; tartibga solish taʼsirini baholashdan oʻtkazish; imtiyozlarni belgilashning hamda Oʻzbekiston Respublikasi Davlat budjetidan va davlat maqsadli jamgʻarmalaridan mablagʻlar ajratishning maqsadga muvofiqligini asoslash; normativ-huquqiy hujjat loyihasining matnini tayyorlash; huquqiy va boshqa zarur ekspertizani oʻtkazish; normativ-huquqiy hujjat loyihasiga doir tushuntirish xatini loyihaning konsepsiyasini bayon etgan holda tayyorlash. Eng muhim iqtisodiy va ijtimoiy-siyosiy ahamiyatga ega normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiqishdan oldin uning tayyorlanishi haqidagi axborot normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari muhokamasi portaliga joylashtiriladi hamda jamoatchilik muhokamalari ishtirokchilaridan kelib tushgan fikr-mulohazalar va (yoki) takliflar inobatga olingan holda normativ-huquqiy hujjat loyihasi ishlab chiqiladi. Normativ-huquqiy hujjat loyihasi davlat tilida tayyorlanadi. Zarur boʻlganda, u boshqa tilga tarjima qilinishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjat loyihasini ishlab chiquvchi tomonidan tayyorlash hamda tegishincha Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Qonunchilik palatasiga, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasiga va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasiga kiritish muddati, agar Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining hujjatlarida, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlari va Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining hujjatlarida boshqa muddat belgilanmagan boʻlsa, ikki oydan kam etib belgilanishi mumkin emas. Oʻzbekiston Respublikasining qonunlari loyihalarini tayyorlashning va Oʻzbe