Normativ-huquqiy hujjatlar orqaga qaytish kuchiga ega emas va ular amalga kiritilganidan keyin yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qoʻllaniladi, bundan ushbu moddaning ikkinchi qismida nazarda tutilgan hollar mustasno. Oʻzbekiston Respublikasi qonunining amal qilishi u amalga kiritilguniga qadar yuzaga kelgan ijtimoiy munosabatlarga nisbatan qonunda toʻgʻridan-toʻgʻri nazarda tutilgan hollardagina tatbiq etiladi. Agar qonunda mazkur qonun qabul qilinguniga qadar javobgarlikka sabab boʻlmagan yoki yengilroq javobgarlikka sabab boʻlgan xatti-harakatlarni sodir etganlik uchun yuridik va jismoniy shaxslarning javobgarligini joriy etish yoxud kuchaytirish nazarda tutilsa, shuningdek agar qonunning qoʻllanilishi natijasida yuridik va jismoniy shaxslarga moddiy zarar yetkaziladigan boʻlsa, qonunga orqaga qaytish kuchini berishga yoʻl qoʻyilmaydi.