Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 48-modda. Normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etuvchi va taʼminlovchi organlar

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining Oʻzbekiston Respublikasining butun hududida ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi. Vazirliklar va idoralar, ularning mansabdor shaxslari oʻz vakolatlariga kiritilgan masalalar boʻyicha normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi. Mahalliy davlat hokimiyati organlari tegishli hududda normativ-huquqiy hujjatlarning ijrosini tashkil etadi hamda taʼminlaydi.