Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 49-modda. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish va taʼminlashga doir vakolatlari

Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi oʻz vakolatlari doirasida: normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) qarorlar qabul qiladi; vazirliklar va idoralarning ishlarini muvofiqlashtiradi hamda yoʻnaltiradi, ularning normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etishga doir vakolatlarini belgilaydi; Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarini va boshqa normativ-huquqiy hujjatlarni ijro etish uchun zimmasiga javobgarlik yuklatiladigan vazirliklarni, idoralarni hamda mansabdor shaxslarni belgilaydi; normativ-huquqiy hujjatlar oʻz vaqtida ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi. Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.