Normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻrisida 51-modda. Vazirliklar va idoralarning normativ-huquqiy hujjatlar ijrosini tashkil etish hamda taʼminlashga doir vakolatlari

Vazirliklar va idoralar oʻz vakolatlari doirasida: normativ-huquqiy hujjatlarning oʻz vaqtida ijro etilishiga qaratilgan zarur tadbirlarni ishlab chiqadi va (yoki) choralar koʻradi; Oʻzbekiston Respublikasi qonunlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalari qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti farmonlari va qarorlarining, Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi qarorlarining ijro etilishiga qaratilgan normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari ishlab chiqilishini amalga oshiradi; normativ-huquqiy hujjatlar matnlarining tarqatilishini taʼminlaydi, shuningdek normativ-huquqiy hujjatlarning ijrochilarga yetkazilishi hamda mohiyati va ahamiyati aholi oʻrtasida tushuntirilishiga doir ishlarni boshqa davlat organlari hamda tashkilotlar bilan birgalikda tashkil etadi; normativ-huquqiy hujjatlar toʻgʻri va bir xilda qoʻllanilishini taʼminlash uchun oʻz xodimlarini tayyorlashni, qayta tayyorlashni hamda ularning malakasini oshirishni tashkil etadi; normativ-huquqiy hujjatlarning ijro etilishi ustidan nazoratni amalga oshiradi, tegishli tarmoqda qonunchilikning qoʻllanilish amaliyotini oʻrganadi va, zarur boʻlganda, qonunchilikni takomillashtirish yuzasidan takliflar kiritadi; normativ-huquqiy hujjatlarning tizimlashtirilgan hisobini belgilangan tartibda yuritadi. Vazirliklar va idoralar qonunchilikka muvofiq boshqa vakolatlarni ham amalga oshirishi mumkin.