Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olish normativ-huquqiy hujjatlarni markazlashtirilgan tarzda yigʻish, hisobga olish, ularning fondlarini yaratish va nazorat holatida saqlab turishni hamda normativ-huquqiy hujjatlar haqidagi markazlashtirilgan axborotni oʻz ichiga oladi. Qonunchilikda normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishga doir qoʻshimcha talablar belgilanishi mumkin. Normativ-huquqiy hujjatlarni davlat hisobiga olishni amalga oshirish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan belgilanadi.