Notariat toʻgʻrisida 15-1-modda. Notarius maqomiga ega boʻlish. Notariusni lavozimga tayinlash va lavozimdan ozod etish

Litsenziya shaxsning xususiy notarial faoliyatini amalga oshirishga boʻlgan huquqini tasdiqlovchi hujjatdir. Litsenziya Oliy malaka komissiyasining notariuslik vakolatlarini berish boʻyicha malaka imtihoni yakunlari yuzasidan chiqariladigan qaroriga asosan Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari tomonidan Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi belgilagan tartibda beriladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius maqomiga ega boʻlishga talabgor shaxs (bundan buyon matnda talabgor deb yuritiladi) litsenziya olish uchun malaka imtihoni topshirishi shart. Malaka imtihonini topshira olmagan talabgor uni takroran topshirishga kamida olti oydan keyin qoʻyiladi. Malaka imtihonini muvaffaqiyatli topshirgan talabgor bir oy muddat ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligiga, adliya boshqarmalariga litsenziya olish uchun murojaat qilishi kerak. Talabgor tomonidan litsenziya olish uchun murojaat qilish muddatining uzrsiz sabablarga koʻra oʻtkazib yuborilishi litsenziyaning amal qilishini tugatishga asos boʻladi. Davlat notarial idorasi notariusiga litsenziya uning arizasiga koʻra, malaka imtihoni topshirmasdan beriladi. Belgilangan tartibda litsenziya olgan, talabgor shaxs litsenziya olgan kundan eʼtiboran uch oy ichida notarial idora tashkil etishi va notarial harakatlarni amalga oshirishga kirishishi shart. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius notarial idora tashkil etilgan paytdan eʼtiboran uch kun ichida Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligini, adliya boshqarmasini bu haqda xabardor qiladi. Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmasi xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariusni xabarnoma olingan kunning ertasidan kechiktirmay hisobga qoʻyadi va bu haqda Notarial palataning tegishli hududiy boshqarmasini xabardor qiladi. Xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notarius shunday xabarnoma olingan paytdan eʼtiboran Notarial palataning aʼzosi boʻladi. Davlat notarial idorasi notar