Notariat toʻgʻrisida 21-1-modda. Notarial idora xodimlarining ijtimoiy taʼminoti

Notarial idora xodimlari taʼtil va davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha barcha turdagi nafaqalar olish huquqidan foydalanadi. Davlat ijtimoiy sugʻurtasiga toʻlovlar qonunchilikda belgilanadigan miqdorlarda toʻlanadi. Notarial idora xodimlariga davlat va jamgʻarib boriladigan pensiya taʼminoti, davlat ijtimoiy sugʻurtasi boʻyicha toʻlovlarni tayinlash va toʻlash qonunchilikka muvofiq amalga oshiriladi.