Notariat toʻgʻrisida 21-modda. Notarial harakatlar va notariuslar tomonidan amalga oshiriladigan boshqa harakatlar uchun haq toʻlash

Notarial harakatlarni amalga oshirganlik uchun belgilangan stavkalar boʻyicha davlat boji undiriladi. Notarius notarial harakatni amalga oshirish uchun oʻz ish joyidan boshqa joyga borganida manfaatdor jismoniy yoki yuridik shaxslar uning haqiqatda qilingan transport xarajatlarining oʻrnini qoplaydi. Notarius tomonidan amalga oshiriladigan huquqiy va texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq undiriladi. Notarius tomonidan notarial harakatlar amalga oshirilganda notarial tartibda tasdiqlanadigan bitim loyihasini mustaqil tayyorlagan jismoniy va yuridik shaxslar huquqiy hamda texnik tusdagi qoʻshimcha harakatlar uchun haq toʻlashdan ozod etiladi.