Notariat toʻgʻrisidagi qonunchilikka notariuslar tomonidan rioya qilishi ustidan nazoratni Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi, Qoraqalpogʻiston Respublikasi Adliya vazirligi, adliya boshqarmalari amalga oshiradi. Notarial palata xususiy amaliyot bilan shugʻullanuvchi notariuslar faoliyati ustidan monitoringni amalga oshiradi.