Notariat toʻgʻrisida 29-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi

Notariuslarning, notarial harakatlarni amalga oshirish huquqiga ega boʻlgan boshqa mansabdor shaxslarning notarial harakatlarni amalga oshirish tartibi ushbu Qonun va boshqa qonunchilik hujjatlari bilan belgilab qoʻyiladi. Notarial harakatni amalga oshirish chogʻida notariuslar tomonidan audio va videoyozuv vositalaridan foydalanilishi mumkin.