Notariat toʻgʻrisida 30-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish joyi

Notarial harakatlar notarial idoralarning binolarida amalga oshiriladi. Fuqaro kasalligi, nogironligi tufayli yoki boshqa sabablarga koʻra notarial idoraga bora olmaydigan ayrim hollarda notarial harakatlar mazkur fuqaro turgan joyda amalga oshirilishi mumkin. Qonunchilikda notarial harakatlar notarial idoralarning binolaridan tashqarida amalga oshiriladigan boshqa hollar ham nazarda tutilishi mumkin.