Notarial tasdiqlanadigan bitimlar, shuningdek arizalar va boshqa hujjatlar notarius ishtirokida imzolanadi. Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlar taraflar tomonidan barmoq izlarini olish yoʻli bilan tasdiqlanishi mumkin. Bitimlar, arizalar va boshqa hujjatlarni tasdiqlash jarayoni videokonferensaloqa orqali amalga oshirilishi mumkin. Agar fuqaro jismoniy nuqsoni, kasalligi tufayli yoki qandaydir boshqa sabablarga koʻra bitim, ariza yoki boshqa hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmasa, bitim, ariza yoki boshqa hujjatni uning topshirigʻiga koʻra uning oʻzi va notarius hozirligida boshqa fuqaro imzolashi mumkin, bunda notarial harakatni amalga oshirishni soʻrab murojaat qilgan fuqaroning hujjatni oʻz qoʻli bilan imzolay olmaganligi sabablari yozib qoʻyilishi lozim. Bunday hollarda notarial harakatlarni amalga oshirish chogʻida videoyozuv vositalaridan foydalaniladi. Basharti notarial idoraning yigʻmajildlarida korxonalar, muassasalar va tashkilotlar mansabdor shaxslarining vakolatlari tekshirilganligi haqida maʼlumotlar, imzolarining shaxsan murojaat qilingan vaqtda olingan namunasi boʻlsa va ularning imzolari haqiqiyligiga shubha tugʻilmaydigan boʻlsa, notarius bu mansabdor shaxslarning oʻzlari kelishini talab qilmasligi mumkin. Ijtimoiy xizmat va yordam koʻrsatish toʻgʻrisidagi, shu jumladan ijtimoiy kartani rasmiylashtirish haqidagi arizadagi ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolarini notarial shahodatlash talab etilmaydi. Mazkur arizada ijtimoiy himoya organiga ariza beruvchining va u bilan birga yashovchi oila aʼzolarining (oʻz oilasiga ega boʻlmaganda ota-onasining, shuningdek oʻz oilasiga ega boʻlganda erining, xotinining, oʻz oilasiga ega boʻlmagan 18 yoshli va undan katta yoshli farzandlarining) imzolari ularga doir boʻlgan, ushbu Qonun 6-moddasi toʻrt