Notariat toʻgʻrisida 37-modda. Notarial harakatlarni amalga oshirish huquqini cheklashlar

Notariuslar oʻz nomiga va oʻz nomidan, xotini (eri) nomiga hamda uning nomidan, xotinining (erining) va oʻzining qarindosh-urugʻlari (ota-onasi, bolalari, nabiralari, tugʻishgan aka-uka va opa-singillari), ular bilan vasiylik va homiylik tufayli bogʻlangan shaxslar nomiga hamda ularning nomidan, notarial harakatlarni amalga oshirishga haqli emas.