Meros mol-mulkni qoʻriqlash merosxoʻrlar tomonidan meros qabul qilib olingunga qadar, agar meros ular tomonidan qabul qilib olinmagan boʻlsa, qonunda belgilab qoʻyilgan merosni qabul qilib olish muddati oʻtgunga qadar davom etadi. Meros ochilgan joydagi notarius meros mol-mulkning qoʻriqlanishiga doir chora-tadbirlar toʻxtatilishi haqida merosxoʻrlarni, agar mol-mulk vorislik huquqi boʻyicha davlatga oʻtsa, tegishli davlat organini oldindan xabardor qilishi shart.