Davlat notarial idoralari Oʻzbekiston Respublikasi Adliya vazirligi tomonidan tashkil etiladi va tugatiladi. Davlat notarial idorasi yuridik shaxs maqomiga ega boʻlmaydi. Davlat notarial idorasining nomida “davlat notarial idorasi” degan soʻzlar boʻlishi, tegishli tuman, shahar koʻrsatilishi va zarur boʻlganda, davlat notarial idorasining raqami boʻlishi kerak.