Oila kodeksi 111-modda. Ota-onaning taʼminoti uchun qilinadigan qoʻshimcha xarajatlar

Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar ota-onasining kasalligiga va boshqa uzrli sabablarga koʻra qilinadigan qoʻshimcha xarajatlarda ishtirok etishlari shart. Voyaga yetgan, mehnatga layoqatli bolalar tomonidan qoʻshimcha xarajatlar ixtiyoriy ravishda qoplanmasa, talab qilinayotgan summa sud tartibida undirilishi mumkin.