Aliment miqdori sud tartibida belgilanganidan keyin taraflardan birining moddiy yoki oilaviy ahvoli oʻzgarsa, sud ulardan har birining talabiga koʻra alimentning belgilangan miqdorini oʻzgartirishga yoki aliment toʻlashi shart boʻlgan shaxsni aliment toʻlashdan ozod qilishga haqli. Aliment miqdorini oʻzgartirishda yoki uni toʻlashdan ozod qilishda sud taraflarning eʼtiborga loyiq boshqa manfaatlarini hisobga olishga haqli. Davlat yoki nodavlat muassasalarining toʻliq taʼminotida boʻlgan voyaga yetmagan bolaga aliment toʻlashi shart boʻlgan otani yoki onani aliment toʻlashdan ozod qilishga yoʻl qoʻyilmaydi.