Ota-ona vafot etganda, ota-onalik huquqidan mahrum etilganda, ularning ota-onalik huquqi cheklanganda, ular muomalaga layoqatsiz deb topilganda, kasal boʻlganda, uzoq muddat boʻlmaganda, ota-ona bolalarni tarbiyalash yoki ularning huquq va manfaatlarini himoya qilishdan boʻyin tovlaganda, shu jumladan ota-ona tarbiya, davolash, sogʻlomlashtirish, aholini ijtimoiy himoyalash muassasalari va shunga oʻxshash boshqa muassasalardagi bolasini olishdan bosh tortganda, shuningdek ota-ona qaramogʻidan mahrum boʻlgan boshqa hollarda bolalarning huquq va manfaatlarini himoya qilish vasiylik va homiylik organlari zimmasiga yuklatiladi.