Oila kodeksi 196-modda. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilish

Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnoma uzrli sabablar (kasalligi, oilaviy yoki mulkiy mavqeyining oʻzgarishi, tarbiyasidagi bolalar bilan oʻzaro bir-birini tushunmaslik va boshqa sabablar) mavjud boʻlsa, bolalarning tutingan ota-onasi tashabbusi bilan, shuningdek vasiylik va homiylik organlarining tashabbusi bilan yoki bola ota-onasiga qaytarilgan yoxud bola farzandlikka olingan taqdirda muddatidan ilgari bekor qilinishi mumkin. Bolalarni tutingan (foster) oilaga olish toʻgʻrisidagi shartnomani bekor qilishga oid nizolar sud tartibida hal qilinadi.