Oila kodeksi 20-modda. Er va xotinning familiya tanlash huquqi

Nikoh tuzish vaqtida er va xotin oʻz xohishi bilan eri yoki xotinining familiyasini umumiy familiya qilib tanlaydi yoki ularning har biri nikohgacha boʻlgan oʻz familiyasini saqlab qoladi. Er va xotindan birining oʻz familiyasini oʻzgartirishi boshqasining ham familiyasi oʻzgarishiga olib kelmaydi.