Oila kodeksi 211-modda. Farzandlikka olish bekor qilinganida sudning hal qiluv qarorlarini ijro etish

Farzandlikka olish sudning hal qiluv qarori bilan bekor qilinganida, fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organi farzandlikka olish haqidagi barcha yozuvlarni bekor qiladi va bolaning tugʻilishi toʻgʻrisidagi dastlabki yozuvlarni tiklaydi.