Oila kodeksi 219-modda. Er-xotindan birining arizasi boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish

Er-xotindan birining arizasi boʻyicha nikohdan ajralishni qayd etish uchun fuqarolik holati dalolatnomalarini yozish organiga quyidagilar taqdim etiladi: er (xotin)ning muomalaga layoqatsiz yoxud bedarak yoʻqolgan deb topilganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarori; er (xotin) uch yildan kam boʻlmagan muddatga ozodlikdan mahrum qilinganligi toʻgʻrisida sudning qonuniy kuchga kirgan hukmidan koʻchirma, shuningdek sudlangan er (xotin)ning oʻrtadagi bolalari va mol-mulki yuzasidan nizosi yoʻqligi toʻgʻrisidagi tilxat.