Oila kodeksi 234-modda. Chet el fuqarolari hamda fuqaroligi boʻlmagan shaxslarning oilaviy munosabatlardagi huquq va majburiyatlari

Oʻzbekiston Respublikasida doimiy yashab turgan chet el fuqarolari va fuqaroligi boʻlmagan shaxslar uning hududida oilaviy munosabatlarda Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolari bilan teng huquqlardan foydalanadilar va teng majburiyatlarga ega boʻladilar.