Oila kodeksi 73-modda. Ota-onaning bolalarga taʼlim-tarbiya berishga oid huquq va majburiyatlari

Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalash huquqiga ega va tarbiyalashi shart. Ota-ona oʻz bolalarining tarbiyasi va kamoloti uchun javobgardir. Ular oʻz bolalarining sogʻligʻi, jismoniy, ruhiy, maʼnaviy va axloqiy kamoloti haqida gʻamxoʻrlik qilishlari shart. Ota-ona oʻz bolalarini tarbiyalashda boshqa barcha shaxslarga nisbatan ustun huquqqa ega. Ota-ona bolalarining qonunchilikda belgilangan zarur darajada taʼlim olishini taʼminlashi shart.