Oila kodeksi 86-modda. Ota-onalik huquqi cheklanishini bekor qilish

Agar ota-ona (ulardan biri)ning ota-onalik huquqlari cheklanishiga asos boʻlgan holatlar barham topsa, sud ota-onaning (ulardan birining) daʼvosiga binoan bolani ota-onasiga (ulardan biriga) qaytarish va ushbu Kodeksning 83-moddasida nazarda tutilgan cheklashlarni bekor qilish haqida hal qiluv qarori chiqarishi mumkin. Agar bolani ota-onasiga (ularning biriga) qaytarish uning eng ustun manfaatlariga zid boʻlsa, sud bolaning fikrini hisobga olib, daʼvoni qanoatlantirishni rad qilishga haqlidir.