Oilaviy korxonaning ustav fondi pul mablagʻlari, qimmatli qogʻozlar, boshqa mol-mulk, shu jumladan pul bilan baholanadigan mulkiy huquqlar yoki oʻzga shaxsga oʻtkaziladigan boshqa huquqlar hisobidan shakllantiriladi. Yagona uy (kvartira) oilaviy korxonaning ustav fondiga kiritilishi mumkin emas. Oilaviy korxona ishtirokchilari oilaviy korxonaning ustav fondiga korxona taʼsis shartnomasida nazarda tutilgan tartibda oʻzlari kiritadigan mol-mulkni mustaqil ravishda belgilaydi. Oilaviy korxona ustav fondining eng kam miqdori litsenziya talablarida belgilanishi mumkin.