Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida 13-modda. Oilaviy korxona boshligʻining huquq va majburiyatlari

Oilaviy korxona boshligʻi quyidagi huquqlarga ega: oilaviy korxona nomidan ishonchnomasiz ish koʻrish; yuridik va jismoniy shaxslar bilan oilaviy korxona faoliyatiga bogʻliq boʻlgan shartnomalar tuzish; mehnat shartnomalari (kontraktlar) tuzish va shtatlarni tasdiqlash; ishonchnomalar berish. Oilaviy korxona boshligʻi: oilaviy korxonani shaxsan boshqarishi va uning kundalik faoliyatini tashkil etishi; oilaviy korxonaning mol-mulki bilan bogʻliq yirik bitimlar tuzishda ishtirokchilarning roziligini olishi; mehnat toʻgʻrisidagi qonunchilik normalariga rioya etilishini taʼminlashi; buxgalteriya hisobi yuritilishini taʼminlashi shart. Oilaviy korxona boshligʻi qonunga muvofiq boshqa huquqlarga ega boʻlishi va uning zimmasida oʻzga majburiyatlar boʻlishi mumkin.