Oilaviy tadbirkorlik toʻgʻrisida 15-modda. Oilaviy korxonaning mol-mulki

Oilaviy korxonaning mol-mulki: oilaviy korxona ishtirokchilari tomonidan uning ustav fondiga kiritiladigan mol-mulkdan; qarz mablagʻlari va kreditlar hisobiga olingan mol-mulkdan; tovarlarni realizatsiya qilishdan, ishlar bajarishdan, xizmatlar koʻrsatishdan olingan va oilaviy korxonani rivojlantirishga yoʻnaltirilgan daromadlardan, shuningdek bu daromadlar hisobiga olingan mol-mulkdan; qonunchilikda taqiqlanmagan boshqa mablagʻlardan tarkib topadi.