Oilaviy korxona oilaviy korxonaning ishtirokchilari va yollanma xodimlari uchun mehnat haqi, mukofotlar hamda kompensatsiyalarning shakllarini, tizimini va miqdorini qonunchilikka muvofiq mustaqil ravishda belgilaydi. Oilaviy korxona ishtirokchilari va yollanma xodimlarining mehnat haqi taraflarning kelishuviga koʻra, lekin qonunchilikda Mehnatga haq toʻlash yagona tarif setkasining birinchi razryadi boʻyicha belgilangan miqdordan oz boʻlmagan miqdorda belgilanadi.