Oilaviy korxonani qayta tashkil etish qonunchilikda belgilangan tartibda uning ishtirokchilari tomonidan amalga oshirilishi mumkin. Oilaviy korxonani tugatish uning ishtirokchilarining yoki sudning qaroriga koʻra, shuningdek agar unda oilaviy korxonaning yagona ishtirokchisi qolgan boʻlsa, amalga oshiriladi. Oilaviy korxona tugatilayotganda boʻshatilayotgan ishtirokchilar va yollanma xodimlarga qonunchilikka muvofiq ularning huquqlari va qonuniy manfaatlariga rioya etilishi kafolatlanadi. Oilaviy korxona uning tugatilishi haqidagi yozuv yuridik shaxslarning yagona davlat reyestriga kiritilganidan keyin tugatilgan hisoblanadi. Oilaviy korxonani tugatish qonunchilikka belgilangan tartibda amalga oshiriladi.