Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 2-modda. Ommaviy axborot vositalari erkinligi

Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalari erkin boʻlib, ular Oʻzbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga , ushbu Qonunga va boshqa qonun hujjatlariga muvofiq faoliyat koʻrsatadi. Ommaviy axborot vositalari axborotni izlash, olish va tarqatish huquqidan foydalanadilar hamda oʻzlari eʼlon qilayotgan axborotning toʻgʻriligi va haqqoniyligi uchun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javobgar boʻladilar.