Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 21-modda. Nashrga oid maʼlumotlar

Davriy nashrning har bir sonida quyidagi maʼlumotlar koʻrsatilishi kerak: 1) nashrning nomi; 2) tahririyatning manzili; 3) muassis (muassislar)ning nomi; 4) muharrirning (bosh muharrirning) familiyasi, ismi-sharifi; 5) davriy nashrning roʻyxatga olingan tartib raqami hamda bosilib chiqqan sanasi, gazetalarning esa, shuningdek, chop etishga ruxsat berilib, imzo qoʻyilgan vaqti; 6) aloqa korxonalari orqali tarqatiladigan davriy nashrlar uchun indeks raqami; 7) tiraji; 8) bosmaxonaning nomi va manzili. Televideniye, radioeshittirish tahririyati har safar efirga chiqqanda, uzluksiz eshittirish chogʻida esa, bir kecha-kunduzda kamida toʻrt marta televideniye, radioeshittirish tahririyati nomini eʼlon qilishi shart.