Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 25-modda. Rasmiy xabarlar, axborot va eʼlonlarni eʼlon qilish

Davlat hokimiyati va boshqaruv organlari tomonidan taʼsis etilgan ommaviy axborot vositalari mazkur organlarning rasmiy xabarlarini eʼlon qilishlari shart. Favqulodda vaziyatlar toʻgʻrisidagi shoshilinch xabarlar yoki davlatning vakolatli organlari tomonidan omma eʼtiboriga zudlik bilan yetkazish maqsadida berilgan xabarlar barcha ommaviy axborot vositalarida eʼlon qilinadi. Sudning aynan shu ommaviy axborot vositasida eʼlon qilish toʻgʻrisidagi koʻrsatmasi boʻlgan, qonuniy kuchga kirgan hal qiluv qarorini tahririyat koʻrsatilgan muddatda bepul eʼlon qilishi shart. Boshqa har qanday xabar, axborot va eʼlonlar tahririyat bilan oʻzaro shartnoma tuzish asosida eʼlon qilinadi.