Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 26-modda. Muallif materiallari va xatlaridan foydalanish

Ommaviy axborot vositalarida tegishli qonun hujjatlariga asoslangan holda jurnalistika, adabiyot, sanʼat asarlaridan va ilmiy asarlardan foydalanilishiga yoʻl qoʻyiladi. Tahririyatga kelgan xatlarni eʼlon qilishga tayyorlash chogʻida mazmunini buzmagan holda ularning matnini qisqartirish va tahrir etishga yoʻl qoʻyiladi. Tahririyat qonuniy asoslarda rad etgan materialni ommaviy axborot vositasida majburan eʼlon qildirishga hech kimning haqqi yoʻq.