Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisidagi qonun hujjatlari talablarini buzishda aybdor deb topilgan shaxslar belgilangan tartibda javobgar boʻladilar. Muharrir (bosh muharrir), shuningdek, jurnalist ommaviy axborot vositasida haqiqatga toʻgʻri kelmaydigan materiallarni tarqatganlik uchun, agar maʼlumotlar: rasmiy xabarlardan olingan boʻlsa; axborot agentliklari yoki davlat organlarining matbuot xizmati orqali olingan boʻlsa yoxud muallifning oldindan yozib olinmay, toʻgʻridan toʻgʻri efirga berilayotgan nutqlarida aytilgan boʻlsa, javobgar boʻlmaydilar.