Ommaviy axborot vositalari toʻgʻrisida 4-modda. Senzuraga yoʻl qoʻyilmasligi

Oʻzbekiston Respublikasida ommaviy axborot vositalarini senzura qilishga yoʻl qoʻyilmaydi. Eʼlon qilinayotgan xabarlar yoki materiallar oldindan kelishib olinishini, shuningdek, ularning matni oʻzgartirilishini yoki butunlay nashrdan olib qolinishini (efirga berilmasligini) talab qilishga hech kimning haqqi yoʻq.