Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi quyidagi hollarda olinadi: tugʻilganlik boʻyicha; bola farzandlikka olinganda; Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligiga qabul qilish va uni tiklash natijasida. Oʻzbekiston Respublikasining fuqaroligi Oʻzbekiston Respublikasining xalqaro shartnomalarida va ushbu Qonunda nazarda tutilgan boshqa asoslarga koʻra ham olinishi mumkin.