Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida doimiy konsullik hisobiga turmagan Oʻzbekiston Respublikasining fuqarolarini aniqlash uchun konsullik muassasalari: konsullik muassasasiga shaxsan murojaat qilgan shaxslarning murojaatlarini yoxud konsullik muassasalariga Tashqi ishlar vazirligi orqali kelib tushgan maʼlumotlarni tekshiradi; shaxsning Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligiga mansubligi toʻgʻrisidagi chet davlatning soʻrovnomalarini oʻrganadi; oʻz konsullik okruglaridagi mamlakatlarda ozodlikdan mahrum etish joylarida saqlanayotgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarining hisobini yuritadi; xorijga doimiy yashashga chiqib ketgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarolarini Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligining (bundan buyon matnda Ichki ishlar vazirligi deb yuritiladi) har chorakda beradigan soʻrovnomalariga koʻra doimiy konsullik hisobi roʻyxatlari boʻyicha tekshiradi. Ushbu moddaning birinchi qismida nazarda tutilgan fakt aniqlangan taqdirda, Tashqi ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va uni materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi. Xorijda doimiy yashayotgan va yetti yil mobaynida uzrli sabablarsiz doimiy konsullik hisobiga turmagan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosi konsullik muassasasiga doimiy konsullik hisobiga qoʻyish toʻgʻrisida ariza bilan murojaat qilish huquqiga ega. Konsullik muassasasi ariza beruvchining shaxsini aniqlaydi, Oʻzbekiston Respublikasi fuqaroligini yoʻqotgan shaxslarning roʻyxati bilan solishtiradi va Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining doimiy konsullik hisobiga oʻz vaqtida turmaganligi sabablarini oʻrganadi. Bunda ariza beruvchiga ushbu Qonun 25-moddasining qoidalari tushuntiriladi. Uzrli sabablar mavjud boʻlganda konsullik muassasasi Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosini doimiy konsullik hisobiga qoʻyish uchun hujjatlarni qabul qilish toʻgʻrisida qaror qabul qilishi mumkin. Kasallik, yashab turilgan mamlakatda konsullik muassasasi mavjud emasligi v