fuqaroligi toʻgʻrisida 29-modda. Chet davlatning foydasini koʻzlagan holda faoliyat koʻrsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi faktini aniqlash

Chet davlatning foydasini koʻzlagan holda faoliyat koʻrsatgan yoxud tinchlik va xavfsizlikka qarshi jinoyat sodir etgan Oʻzbekiston Respublikasi fuqarosining jamiyat hamda davlat manfaatlariga jiddiy zarar yetkazganligi fakti sudning qonuniy kuchga kirgan hukmi bilan belgilanadi. Hukm chiqargan sud hukmning koʻchirma nusxasini Ichki ishlar vazirligiga yuboradi. Sudning hukmi asosida Ichki ishlar vazirligi xulosa tayyorlaydi va xulosani materiallar bilan birga Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Fuqarolik masalalari komissiyasiga yuboradi.